Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPALIK EHTIYOJMAND XOTIN-QIZLARGA REABILITATSIYA VOSITALARI TOPSHIRILDI

×

 2023-06-27 14:39:48    223

PDF yuklash
Chop etish



Qurbon Hayiti bayrami munosabati bilan tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ijtimoiy himoya muhtojlar va ko‘plab bemorlar, yakka yolg‘iz yashovchi nuroniylarimizning xonadonlarida bo‘lib, ularning holidan xabar olishmoqda.

Jumladan, bugun Qo‘shtepa tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldashevalar ishtirokida “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan og‘ir turmush sharoitida yashayotgan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga reabilitatsiya vositalari topshirildi.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘shtepalik ehtiyojmand xotin-qizlarga 3 ta nogironlik aravachasi, 3 ta qo‘ltiqtayoq va 3 ta eshitish moslamalari berildi.

Shuningdek, Qurbon Hayiti bayrami munosabati bilan sektor rahbarlari tomonidan ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy yordamlar ham ulashildi.














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram