Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA XOTIN-QIZLAR ISHTIROKIDA MADANIY-MA’RIFIY TARG‘IBOT TADBIRLARI O‘TKAZILDI

×

 2023-06-23 15:20:14    203

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumanida xotin-qizlar ishtirokida madaniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Erta tongdan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, “Oqila ayollar” harakati, faol ayollar, keng jamoatchilik ishtirokida sportning yugurish turi bo‘yicha marafon o‘tkazildi.

Shuningdek, tuman Madaniyat markazida ajrim yoqasidagi, nizoli, notinch oilalar hamda yosh oilalar uchun “Oila muqaddas dargoh” shiori ostidagi madaniy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida 40-50 yil birga umr-guzaronlik qilgan namunali va ibratli oilalarning yoshlarga ibrat bo‘ladigan maslahatlari tinglandi. Sektor rahbarlari ishtirokida ibratli oilalarga esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar topshirildi.

Tadbirda imom xatiblar, huquq-tartibot idoralarining mas’ul xodimlari va psixologlar tomonidan mavzuga oid fikr-mulohazalar ham bildirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram