Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 231 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“HOKIM VA BITIRUVCHI YOSHLAR UCHRASHUVI”DA OLTIN VA KUMUSH MEDALLAR O‘Z EGALARIGA TOPSHIRILDI

×

 2023-06-22 15:59:25    151

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumta’lim maktablarining iqtidorli bitiruvchilariga oltin va kumush medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yakunlangan 2022/2023 o‘quv yilida tuman bo‘yicha umumta’lim maktablarini jami 2200 nafar o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, shundan 24 nafari oltin medalga va 5 nafari kumush medalga munosib, deb topildi.

Tadbirda tumandagi sektor rahbarlari, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bӯlimining mas’ullari hamda bitiruvchi sinf o‘quvchilarning ota-onalari, ustozlari ishtirok etishdi. 

Tuman hokimi Ilyosbek Novkov tadbirda so‘z olib mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar izchil amalga oshirilayotganini e’tirof etdi.













Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram