Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VAZIR MASLAHATCHISI QO‘SHTEPA TUMANIGA TASHRIF BUYURDI

×

 2023-06-21 14:07:39    238

PDF yuklash
Chop etish



Respublika ishchi guruhi vakili, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Botir Parpiyev Qo‘shtepa tumanida bo‘lib, Kichik beshkapa va Shomirza mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan “mahalla beshligi” faoliyati, aholining yashash sharoitlari, mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy soha ob’ektlarining holat bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Vazir maslahatchisi Kichik beshkapa MFYga tashrifi chog‘ida Nishonovlar xonadonida bo‘lib, xonadon sohiblari bilan suhbatlashdi. Shuningdek,  xonadon bekasi Odinaxon Nishonova tomonidan yo‘l qo‘yilgan chorsi tikish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Qorakaltak MFYda bo‘lgan Vaziri maslahatchisi Botir Parpiyev mahalla infratuzilmasi, obodonchiligi yo‘lida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Qolaversa,  fuqarolarning turmush tarzi va tomorqalaridan olayotgan daromadlari bilan qiziqdi.

Vazir maslahatchisi tashrifi davomida “Fergana Global Textile infinity” korxonasidagi ish jarayoni va bu yerda ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdi.

Mahallalardagi o‘rganishlar, fuqarolar bilan suhbatlashish jarayonida aytilgan kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf etish bo‘yicha yo‘l xaritasi tuzildi va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilandi.



















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram