Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
MUALLIFLIK HUQUQLARI VA TURDOSH HUQUQLAR TO‘G‘RISIDA
2023-06-19 14:06:49 268
Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi hisoblangan va ob’ektiv shaklda ifodalangan ilmiy, adabiy va san’at asarlariga tarqatiladi.
Muallifga asardan foydalanishga bo‘lgan mutlaq huquq va unga o‘zgartirishlar kiritishdan himoya qilish huquqi (asarning dahlsizligi huquqi) tegishlidir.
Ba’zi hollarda, masalan, ilmiy yoki ta’lim maqsadlarida, muallifning nomi va olingan manbasi albatta ko‘rsatilgan holda asardan erkin foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Mualliflik huquqi vujudga kelishi uchun asarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki boshqa rasmiyatchiliklarga rioya qilish talab qilinmaydi. Mualliflik huquqi asarga uchinchi shaxslar tomonidan qabul qilinishi mumkin bo‘lgan biron bir ob’ektiv shakl berilgan vaqtdan boshlab chiqarilishidan qattiy nazar amal qila boshlaydi. Og‘zaki asarlarga mualliflik huquqi asar uchinchi shaxslar tomonidan ma’lum qilingan vaqtdan e’tiboran amal qila boshlaydi.
Shuni e’tiborga olish lozimki, mualliflik huquqi aynan g‘oyalarni ifodalash shaklini muhofaza qiladi, ammo g‘oyalarning o‘zini emas.
Masalan, biron−bir shaxs texnika jurnalida mutloq yangicha bo‘lgan uchish apparatini qanday qilib qurish mumkinligi to‘g‘risida o‘z maqolasini e’lon qildi deylik. Agar maqola muallifi ushbu ixtironi patentlamagan bo‘lsa, boshqa bir shaxs bunday apparatni qurish uchun uning g‘oyalaridan foydalanishi mumkin.
Turdosh huquqlar postanovkalarga, ijrolarga, ijrolarning yozuvlariga, ko‘rsatuvlar, eshittirishlarni efir va kabel orqali uzatish tashkilotlarining ko‘rsatuv va eshittirishlariga tarqatiladi.
Ijrolarga bo‘lgan huquqlar ijro etuvchilar – artistlar, sahnalashtiruvchi rejissyorlar, dirijyorlar va ularning merosxo‘rlariga tegishli bo‘ladi.
Bunday ijrolardan foydalanish huquqi boshqa huquq vorislariga o‘tishi mumkin. Ijro yozuviga bo‘lgan huquq bunday yozuvni yaratgan shaxsga yoki uning huquq vorisiga tegishlidir.
Translatsiyaga bo‘lgan huquq ko‘rsatuv/eshittirishni yaratgan efirga uzatish tashkilotlariga tegishlidir.
Yuqoridagilarni hisobga olinib davlatimizda “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonuni amal qilinib, mazkur qonun bilan fan, adabiyot va san’at asarlarini (mualliflik huquqi), ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali ko‘rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko‘rsatuvlari yoki eshittirishlarini (turdosh huquqlar) yaratish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solinadi.
Qo‘shtepa tuman adliya bo‘limi.