Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPADA TOMORQASIDAN MO‘MAYGINA DAROMAD OLAYOTGAN TADBIRKOR OILALALAR SONI KO‘PAYMOQDA
2023-06-19 08:24:06 182
Bozor iqtisodiyoti nafaqat tadbirkorlarni balki qishloq ahlini ham yerdan unumli foydalanishga o‘rgatmoqda. Bir yilda ayrim oilalar 6-10 sotixli tomorqasidan million-million daromad topib, hech narsaga zoriqmay farovon turmush kechirishayotgani hech kimga sir emas. E’tiborlisi, tomorqa va yerlardan unumli foydalanishda issiqxonalarning alohida o‘rni bor.
Darhaqiqat, zaminimiz unumdor va serhosil. Harakat qilgan inson kaftdek yerdan ham yaxshigina daromad qiladi. Qo‘shtepa tumanining Do‘rmon mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Abdug‘offor Ro‘ziboyev ham tomorqasiga issiqxona qurishni rejalashtirdi. Mahalladagi hokim yordamchisi Fazliddin O’rinovning tavsiyasi bilan imtiyozli kredit olib, 3 sotix yerga issiqxona qurdi.
Bu yil erta bahor issiqxonaga kartoshka ekildi. Daromad esa chakki bo‘lmadi. Erta pishgan kartoshkalarning daromadi 11 million so‘mdan oshdi. Ikkinchi hosil uchun esa bodring ekildi. Eng muhimi tadbirkor oila a’zolari bilan xalqimiz dasturxoni to‘kinligini ta’minlash maqsadida mehnat qilishmoqda.
Darhaqiqat, mehnat qilgan kam bo‘lmaydi. Tumanimizda hozirgi vaqtda issiqxona qurib, tomorqasidan mo‘maygina daromad olayotgan tadbirkor oilalalar soni kun sayin ko‘paymoqda.