Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QIZIL TOIFAGA MANSUB YOSHLARNING MUAMMOLARI O‘RGANILDI
2023-06-17 13:54:12 242
Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi boshlig‘i Sh.Sultonov tomonidan “Vatan” MFYning qizil toifaga mansub 15 nafar yoshlari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda mutasaddi idoralarning vakillari ham ishtirok etishdi.
Uchrashuvda har bir yoshlar bilan alohida yuzma-yuz suhbat o‘tkazilib, ularning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va oilaviy muammolari o‘rganildi. Shuningdek, sog‘lig‘idan shikoyat qilgan 2 nafar o‘smirlar tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassislari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tegishli maslahatlar berildi. Qolaversa xorijiy migratsiyadan qaytgan 7 nafar yoshlarning hozirda mustaqil ravishda muqim ishlarga joylashgani, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari mavjud emasligi aniqlandi.
Tadbir davomida tegishli tashkilotlarning vakillari hamrohligida 1-guruh nogironi M.Umurzaqovalar xonadoniga tashrif buyurilib, bemorning xolidan xabar olindi. Tashrif jarayonida bemor M.Umurzaqovaning muammolari o‘rganilib, ularni hal etish uchun tegishli idoralarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.