Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 228 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMANDAGI YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT – SAYYOR UCHRASHUV O‘TKAZILDI

×

 2023-06-16 13:12:22    125

PDF yuklash
Chop etish



“Hokim va yoshlar” uchrashuvi

Qo‘shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov ishtirokida Yoshlar markazida yoshlar bilan ochiq muloqot – sayyor uchrashuv o‘tkazildi.

Ilyosbek Novikov “Hokim va yoshlar” uchrashuvini rasmiyatchilikdan chetlashib, ochiq va oshkora muloqot tarzida o‘tish tarafdori ekanligini bildirdi. Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari bilan tanishgan tuman rahbari Prezidentimiz rahnamoligida tumanimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, yangilanishlar, kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida ham ma’lumot berdi. 

O’z navbatida tashabbuskor va faol yoshlar o‘zlarining kelajak rejalari, ularni qiynayotgan va tashvishga solayotgan muammolari, o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, yangi g‘oya va tashabbuslari yuzasidan tuman hokimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, savollariga aniq javoblar oldilar. 

Tadbir davomida so‘zga chiqqan Shaxnozaxon Tursunovaning otasi Muhtaram Prezidentimizga, qolaversa tuman hokimiga alohida minnatdorlik bildirdi. Davlatimiz tomonidan yaratilib berilgan sharoitlar natijasida “Qiyqi” MFYda “Yoshlar daftari”da turuvchi farzandiga subsidiya asosida tikuv mashinasi berilib, bugungi kunda uning bandligi ta’minlanganligini alohida e’tirof etdi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlarga taalluqli barcha dolzarb masalalar keng va to‘laqonli qamrab olindi. Uchrashuv davomida 10 nafarga yaqin yoshlar turli taklif va muammolar bilan murojaat qilishdi. Tuman hokimi tomonidan uchrashuvda ko‘tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.

 









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram