Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 178 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’RIM-YIG‘IM MAVSUMINI BETALOFAT O‘TKAZAYLIK!

×

 2023-06-12 09:17:46    205

PDF yuklash
Chop etish


G’alla-2023

Avvalgi yillarda qayd etilgan yong‘inlar tahlil etilganda, g‘allani qabul qilish, quritish va qayta ishlash korxonalari mutaxassislari texnikalarni sozligini nazorat qilmasliklari, ishchi-xizmatchilar yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etmasliklari yong‘in kelib chiqishiga olib kelganligini ko‘ramiz. Eng avvalo, o‘rim-yig‘im davrida fermerlar va don qabul qilish maskanlarida doimo xushyor, e’tiborli bo‘lishlari talab etiladi. Negaki, ayrim fuqarolar “G’allasi o‘rilgan maydonni yoqib yuborsam yerga foyda bo‘ladi” deb o‘ylashadi. Aksincha, maydonni yoqib yuborishi atrofdagi hosili yig‘ishtirilmagan paykallarga xavf solishi, atrof-muxitga katta zarar keltirishi, yerning unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniq. Ayni kunlarda yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan “G’alla-2023” mavsumida yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida targ‘ibot tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Fuqarolarga:

- Temir yo‘llar va dala yo‘llariga yaqin joylardagi maydon chetlari 8 metr kenglikda g‘allasi o‘rib olinib, yarim shudgorlanishi lozim;

- Mavsumga jalb etilgan texnikalarning uchqun o‘chirgichlari sozligi tekshirilgandan so‘ng dalaga kirishga ruxsat berilishi kerakligi, o‘rim-yig‘imga jalb qilinmagan boshqa transport vositalarini dalaga kiritish qat’iyan man etilishi;

- Bolalarni g‘allazorlarni atrofida mol boqishlari, o‘ynashlari va mavsum davomida dalaga kirishlariga yo‘l qo‘ymaslik;

- Ba’zida ayrim fuqarolar maydonlarni ikkinchi marta ekishga tayyorlash maqsadida somon va poyalardan tozalash uchun o‘t qo‘yib yuborishadi. Yuzaga kelgan alanganing qo‘shni dalalardagi hali o‘rib olinmagan g‘alla maydonlariga tutashib ketishi xavfi tug‘iladi. Oqibatda nafaqat g‘alla maydonlari, balki yaqin atrofdagi aholi-turar joylari yong‘in ichida qolishi mumkinligini unutmaylik;

- Haydovchilar o‘zlari boshqarayotgan texnikalar holatini doimiy nazorat qilishlari, vaqti vaqti bilan xas-xashaklardan tozalab turishlari shart. Bundan tashqari, har bir texnika vositasida birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari bo‘lishi kerak;

- Kombaynlarda 2 ta o‘t o‘chirgich, 1 ta belkurak, 2 ta supurgi, 2x2 metr xajimdagi kigiz yoki brezent, 40-100 litr sig‘imda suv, 2 ta chelak bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari o‘rilayotgan g‘alla maydoni chetida omochli haydov traktori bo‘lishi, tirkamasida katta sig‘imli suvi mavjud, yong‘inni o‘chirishda foydalanish uchun (eski chopon, sholcha) bilan ta’minlangan traktor navbatchiligini tashkillashtirish talab etiladi;

- Xirmon hududidagi yong‘inga qarshi qalqonida kamida 2 ta belkurak, metal ilgak, 2 dona chelak, 2 dona yong‘in o‘chirgichlar, suv to‘ldirilgan idish va qumli quti bo‘lishi shart.

Fuqarolarimiz tomonidan yuqorida zikr etilgan kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik va mas’ul xodimlar tomonidan ushbu tadbirlarni amalda tadbiq etilishi xosilimizni saqlab qolishda muhim omil bo‘ladi.

J.Jo‘raboyev,

Qo‘shtepa tumani FVB boshlig‘ining o‘rinbosari, kapitan.

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram