Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BILGANGA ISSIQXONA DAROMAD MANBAI
2023-06-03 11:42:28 199
Mamlakatimizda har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Har bir oila – tadbirkor” dasturi amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Qo‘shtepa tumanining Garmdon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi Surayyoxon Abduqahhorova o‘z oila a’zolari bilan maslahatlashib, issiqxona barpo qildi.
To‘rt sotix maydondagi issiqxonani qurish va uni jihozlash uchun 22 million so‘m imtiyozli kredit olingan bo‘lsa, o‘tgan yili 6 million so‘m sof daromad olindi. Bu yilgi hosil ham chakki emas, fevral oyida ekilgan pomidor ko‘chatlari peshma-pesh uzilib, xalqimiz dasturxoniga tortiq etilmoqda.