Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
PAXTAKOR MAHALLASIDA QULUPNAY YETISHTIRISHGA QIZIQISH ORTIB BORMOQDA
2023-05-30 12:26:24 188
So‘nggi yillarda obod manzillar qatorida risoladagidek ko‘rinish kasb etayotgan Paxtakor mahallasida ham hayot qaynamoqda. Ayni kunda 520 ta xonadon, 801 ta oila va ularda 2 ming 700 dan oshiq aholi istiqomat qiladi. Birgina tomorqachilikni olsak, dala-dehqonchilik ishida o‘ziga xos tajribaga ega mahalla aholisi ko‘p yillardan buyon erta bahorda kartoshka, pomidor, bodring, piyoz, bulg‘or qalampiri, karam va boshqa sabzavot mahsulotlari bilan birga, qulupnay yetishtirish bilan shug‘ullanib keladi. Bugun o‘ttizdan ortiq xonadon tomorqasida albatta, qulupnay yetishtirilayotganini ko‘rish mumkin.
Mirishkor dehqon Abdurashid Mamataliyevni olsak, hovlisi etagidagi 6 sotixga yetadigan tomorqasini yashnatib qo‘yganidan bahri-dilingiz ochiladi. Qolaversa u qo‘shimcha yerda olti yil muqaddam xorijdan keltirilgan “Chernыy prints” navli serhosil qulupnay ham yetishtirmoqda.
Abdurashid Mamataliyevning ta’kidlashicha qulupnaydan yil bo‘yi daromad olish mumkin ekan. Bu yilgi hosil ham ancha barakali. 60 sotix yerda dehqonchilik qilib, shu kungacha 3 tonna hosil olindi. Hali dalada hosil mo‘l. Mirishkor dehqon mahalladoshlariga ham ko‘chat yetishtirib berib, qulupnaychilikning sir-asrorlarini o‘rgatdi. Hozirda Qipchoq qishlog‘ida yashovchi o‘ttizdan ortiq xonadon egalari ham qulupnaydan yil bo‘yi daromad olishmoqda.
Zero, mirishkor dehqonning ta’biri bilan aytganda, tomorqa — koni foyda, orzu-havas manbai. Hech narsaga zoriqmay degan kishi borki, tomorqasini qarovsiz tashlab qo‘ymasligi kerak.