Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QOSHTEPA

×

 2023-05-26 21:21:05    183

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan video murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yil 25-may kuni Qo‘shtepa tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida, respublikamizdagi barcha maktablarda bo‘lgani kabi soat 8-00 dan 9-00 gacha “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tgan. Tadbir tugaganidan so‘ng dars jarayoni boshlanishi arafasida, maktabning sobiq bitiruvchi, Shakar MFY, Qiziloy ko‘chasida yashovchi, hozirda Qo‘shtepa tumanidagi 2-kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Mahkamov Toxirjon Elmurod o‘g‘li taxminan soat 9-10 larda  maktab hududiga ruxsatsiz kirib kelgan. Mahkamov Toxirjon Elmurod o‘g‘li dars vaqtida 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ichki tartib qoidalariga bepisandlik qilib, suv ichishga kelgan o‘quvchilarga suv sepgan. Natijada bir necha o‘quvchilarni kiyim-boshlari ho‘l bo‘lgan.

Bundan xabar topgan, o‘sha kuni xizmat vazifasini bajarayotgan IIB va Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari maktabning sobiq o‘quvchisi Mahkamov Toxirjon Elmurod o‘g‘liga tartibni saqlash kerakligi to‘g‘risida ogohlantirish bergan. Natijada sobiq o‘quvchi IIB va Qo‘riqlash bo‘limi xodimlariga bo‘ysunmagan. Shundan so‘ng maktabning direktori, Baxtiyor Qodirov sobiq o‘quvchiga nisbatan tushuntirish ishlarini olib borayotgan paytda maktab direktoriga nisbatan qo‘pol so‘zlar va kurakda turmaydigan gaplar bilan xaqorat qilgan. Direktor bu so‘zlardan so‘ng sobiq o‘quvchiga nisbatan qo‘pol xatti-harakatda bo‘lgan.

Mahkamov Toxirjon Elmurod o‘g‘li nima uchun o‘ziga bir necha yil tarbiya bergan ustozining nasihatlariga quloq osmay, ko‘pchilikni ichida izza qilgan. Yoki “Ustoz otangdangdek ulug‘” degan purhikmat so‘zga ayrim yoshlar amal qilmay qo‘yishganmi?

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘shtepa tuman IIB JHH HPB profilaktika inspektori, kapitan I.Ergashev bildirgisi asosida u tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari tashkillangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida Mahkamov Toxirjon Elmurod o‘g‘lidan holat yuzasidan tushuntirish olinib, unga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Shuningdek, maktab direktori Baxtiyor Qodirov va hodisaning bevosita shohidi bo‘lgan N.Oripov, A.Odiljonov, O.Jaxongirov, Q.Jaxongirov, N.Nurmuhammedov, N.Toshpo‘latov va N.Xabibullayevlardan holat bo‘yicha tushuntirish xatlari olingan.

Shuningdek, ushbu maktabga biriktirilgan xodimning hatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilayotganligini ma’lum qilamiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram