Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI QO‘SHTEPA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARI, JAMOAT BIRLASHMALARI VAKILLARI, MANFAATDOR TASHKILOTLAR HAMDA QO‘SHTEPA TUMANI FUQAROLARI DIQQATIGA!!!
2023-05-26 11:59:02 198
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi PQ-117-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tashabbusli Byudjetlashtirish jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlari rejasi”ga muvofiq joriy yilning 29 may kuni soat 17:00 da Qo‘shtepa tumani hokimligining majlislar zalida fuqarolardan tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar yig‘ish va ularni muhokama qilish yuzasidan ochiq muloqot tashkil etilmoqda.
Ushbu ochiq muloqotda:
“Ochiq byudjet” portali texnik imkoniyatini kengaytirish;
Ovoz berish mexanizmini takomillashtirish;
G’oliblarni aniqlash mexanizmini takomillashtirish;
Loyihalarni ilgari surish me’zonlari;
Tashabbusli byudjet jarayonlarni o‘tkazish muddatlari bo‘yicha loyixalar maksimal qiymatini belgilash va boshqa masalalar bo‘yicha takliflar qabul qilinadi.
Ochiq muloqotga barchangizni taklif qilib qolamiz!!!