Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 154 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAYAJONLI “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” JARANGI O‘QUVCHI-YOSHLARIMIZNI YANGI MARRALAR SARI CHORLAYDI (FOTO)

×

 2023-05-25 11:04:55    136

PDF yuklash
Chop etish



Bugun erta tongdanoq Qo‘shtepa tumanidagi barcha maktablar o‘zgacha fayz va tarovatga to‘ldi. Bayram ruhi ila bezatilgan ta’lim dargohlariga o‘quvchi-yoshlar, ota-onalar, ustoz muallimlar va keng jamoatchilik vakillari “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirini o‘tkazish uchun to‘planishdi.

Yangi do‘kon mahallasidagi 15-umumta’lim maktabida tashkil etilgan so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida maktab bitiruvchilari katta hayotga kuzatildi.

Tadbirni tuman hokimi Ilyosbek Novikov ochib, Prezidentimizning bitiruvchilarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

2022-2023 o‘quv yili davomida o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilgan fidoiy ustozlar, namunali xulqi va odobi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari tuman hokimining Tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo‘shtepa tumani ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi Ilyosbek Novikov va tuman prokurori Axrorjon Xudoyberganovlar ishtirok etishdi. Tadbirda tuman hokimi yig‘ilganlarni ushbu hayajonli va tarixiy lazalar bilan qutlab, Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyevning umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Bayram tadbirida fidoiy ustozlar va namunali xulqi va odobi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari tuman hokimining Tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yangradi. Tantanada ota-onalar, mehmonlar bitiruvchilarni tabriklab, ularga ta’lim–tarbiya bergan ustozlarga minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Tumandagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ana shunday bayromana tarzda nishonlandi.

















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram