Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDAGI “FERGANA GLOBAL TEXTILE INFINITY” KORXONASIDA  O‘TKAZILGAN MEHNAT YARMARKASIDA 50 NAFAR FUQAROLAR ISHGA JOYLASHDI

×

 2023-05-24 16:15:51    459

PDF yuklash
Chop etish



Ishlash istagida bo‘lgan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olingan hamda ishsiz fuqorolarning bandligini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumani prokurori, 2-sektor rahbari A.Xudoyberganovning tashabbusi bilan tuman hokimligi, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamkorligida “Fergana Global Textile infinity” korxonasida  “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasi korxonaning majlislar zalida ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Korxonada ishlash istagida bo‘lganlar bevosita bu yerda ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishlicha javob olishdi.

Mazkur mehnat yarmarkasida “Fergana Global Textile infinity” korxonasida ishlash istagida bo‘lgan 150 nafardan ziyod “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatga olingan hamda ishsiz fuqorolar ishtirok etishgan bo‘lsa, ularning 50 nafari shu yerning o‘zida ishga joylashdi.







 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram