Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TOJIXON ONA MADUMAROVAGA EHTIROM KO‘RSATILDI

×

 2023-05-15 09:47:29    195

PDF yuklash
Chop etish



“Onalarga ehtirom” festivali Qo‘shtepa tumani bo‘ylab ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Festival doirasida mahallalarda, har bir tashkilot va ta’lim maskanlarida turli ko‘rik-tanlovlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkillanib, dunyodagi eng ulug‘ zot – Onalarga hurmat va ehtirom ko‘rsatilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Shakar mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari tomonidan Hunarmandlar ko‘chasida yashovchi Madumarovlar xonadonida tashkillandi. Tuman hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Yuldasheva ishtirokida 74 yoshli Tojixon ona Madumarovaga ehtirom ko‘rsatildi.

7 nafar komil farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan Tojixon ona Madumarovaning bir etak nevara-chevaralari bor. Tadbir davomida onaxonning farzandlari ehtirom ko‘rsatishib, dil izhorlarini aytishdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram