Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANGI TARMOQ UCHUN KABEL TORTILMOQDA
2023-05-13 16:29:19 193
Qo‘shtepa tumanining “Istiqlol”, “Dexqonobod”, “Shahartepa”, “Shomirza”, “O’qchi”, “Beshkapa” hamda “Paxtakor” mahallalari uchun yangi qurib yakuniga yetkazilgan 10 kVli elektr uzatish tarmog‘i uchun kabel tortish ishlari bajarilmoqda.
Mazkur yangi tarmoq tumanning “Mumtoz” mahallasida joylashgan 110/10 kVli “Joybozor” podstansiyasi orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi hamda yangi tarmoqning uzunligi 13,5 kilometrni tashkil etadi.
Loyiha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirildi.