Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 143 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YO‘LDOSHOBODLIK ONAXONLARGA EHTIROM KO‘RSATILDI

×

 2023-05-12 14:35:55    141

PDF yuklash
Chop etish



Viloyat hokimi tashabbusi bilan uch yildan buyon o‘tkazilib kelinayotgan “Onalarga ehtirom” festivali Qo‘shtepa tumanida ham davom etmoqda.

Navbatdagi tadbir Yo‘ldoshobod mahallasi hududidagi 24-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib o‘tdi. Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan tadbirda Yo‘ldoshobod mahallasida istiqomat qiluvchi onaxonlar va opa-singillarimiz ishtirok etishdi.

Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi I.Novikov barcha ishtirokchilarni tabriklab, ularning sha’niga iliq so‘zlarni aytdi.

Bir piyola choy ustida tashkil etilgan tadbirda barcha onaxonlar-u, opa-singillarimizga ehtirom ko‘rsatilib, sovg‘a-salomlar, guldastalar ulashildi. 24-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bolajonlari tomonidan onalarni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram