Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BOROT MAHALLASIDA AHOLINING YANA BIR MUAMMOSI HAL ETILMOQDA
2023-05-11 20:28:00 220
Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Qo‘shtepa tumanidagi Borot MFYda aholining yana bir muammosi hal etilmoqda.
Ushbu loyiha uchun 5 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, Borot mahallasidagi 12 ta ko‘chaga 8 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortish va bir dona suv minorasi o‘rnatish rejalashtirilgan.
Shu kunlarda “Rishton bino qurilish” MChJ tomonidan ichimlik suvi minorasi o‘rnatish hamda tarmoq tortish ishlari amalga oshirilmoqda.