Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA TOMORQADAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

×

 2023-05-10 14:55:47    228

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani fermar dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan tumanda aholi tomorqalaridan samarali fodalanish, ochiq va yopiq maydonlarda mahsulot yetishtirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Unda soha mutaxassislari va tomorqachilar ishtirok etishdi. Shuningdek, seminarda Respublika fermerlar kengashi tomorqadan foydalanish bo‘yicha bosh mutaxassis Sobitjon Ro‘ziboyev ham qatnashdi.

Ushbu seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning o‘z tomorqalaridan samarali foydalanishini tashkil etish, ularga amaliy ko‘nikma va ilmiy asoslangan bilim berish, fuqarolarning o‘z tomorqasidan daromad olishga o‘rgatishdan iboratdir.

Ishtirokchilar “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini, Mevazor ko‘chasida istiqomat qiluvchi Yodgorali Ro‘ziyevlar xonadonida bo‘lishib, tomorqalaridan samarali foydalanish bo‘yicha holatini o‘rganishdi.

Ro‘ziyevlar oilasi 5 sotixdan ortiq tomorqadan unumli foydalanib, bir yilda 3-4 marotaba hosil olyapti. Tomorqada 4 sotixli 2 ta issiqxona va 1,5 sotix uzum mavjud. Qishda 2 sotix issiqxonaga ismaloq ekildi. Hosil yig‘ishtirilgach fevral oyida kartoshka ekib, 3 million so‘mga yaqin daromad olindi. Ayni kunlarda kartoshkadan bo‘shagan yerlarga pomidor ko‘chati ekilmoqda. Shuningdek, 2 sotix issiqxonadagi qalampirlar ham daromadga kirgan. Qalampirning bir kilosi erta bahor ulgurji narxda 75 ming so‘mdan sotilgan.

Ushbu tomorqachilarimiz o‘tgan yili 25 million so‘m sof daromad olgan bo‘lsa, bu yil undanda ko‘proq foyda olishni niyat qilishgan. Bu maqsadda oilaning nuroniysi, 73 yoshli Maxfuzaxon ayadan tortib, barcha o‘g‘il-qiz, nabiralar astoydil mehnat qilishmoqda. 









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram