Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘SHTEPA TUMANIDA PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI
2023-05-10 14:08:59 203
Bugun Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan navbatdagi press-tur tashkil etildi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar qatnashdi.
Ishtirokchilar press-tur davomida tuman aholisiga qulaylik yaratish hamda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish maqsadida yaqinda foydalanishga topshirilgan “Said Med” xususiy klinikasi faoliyati bilan tanishdilar.
8,5 milliard so‘m mablag‘ hisobiga qad rostlagan mazkur tibbiyot markazida UZI, EKG, EXO hamda boshqa zamonaviy tibbiyot jihozlari o‘rnatilgan. Klinika tarkibida 25 o‘rinli davolash bo‘limi, laboratoriya, dorixona, oshxona mavjud.
Yangi klinikada bir kunda 50 nafardan ziyod bemorni qabul qilish va ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud. Loyihani amalga oshirish natijasida 20 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Shuningdek, press-turdan so‘ng ushbu klinikada jurnalist va blogerlar uchun “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi PQ-408 sonli qarori ijrosi bo‘yicha tumanda olib borilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani ham tashkil etildi.
Ishtirokchilar matbuot anjumanida Qo‘shtepa tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Qurbonov bilan yuzma-yuz muloqot olib bordilar va mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar olishdi.