Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 119 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANI HOKIMI NOVIKOV ILYOS VALERIYEVICHNING 9 MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN TUMAN AHLIGA YO‘LLAGAN TABRIGI

×

 2023-05-09 12:43:08    189

PDF yuklash
Chop etish



Inson zoti borki, xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘dir. 

O’tganlar jasoratini yodga olmoq, e’zozlamoq - xalqimizga xos ezgu fazilat hisoblanadi.

Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o‘zligini yo‘qotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish muqaddas odat sifatida qon-qonimizga singib ketgan.

Ushbu umumxalq bayramida biz Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan, Vatan uchun jonini fido qilgan ota-bobolarimiz, front ortida og‘ir mehnatni boshidan o‘tkazgan qahramon onalarimizni xotirlaymiz. 

Afg‘oniston urushida halok bo‘lganlar va qatag‘on qurbonlarini yodga olamiz. Umuman olganda, o‘tganlar ruhini shod etamiz.

Shuning bilan birga, mustaqillik yillarida istiqlolimiz yo‘lida, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltiramiz.

Barchamizga ma’lumki, fashizmni tor-mor etilishida o‘zbek xalqi mislsiz qahramonliklar  ko‘rsatdi. Ikkinchi jahon urushida  qariyb,bir yarim million vatandoshlarimiz ishtirok etib,yuz minglab hamyurtlarimiz urushdan nogiron bo‘lib qaytdi, yarim million vatandoshlarimiz janglarda halok bo‘ldi.

Dunyo xalqlari boshiga musibat solgan mash’um urush o‘sha og‘ir kunlarni matonat bilan yengib o‘tgan ota-bobolarimizning yengilmas irodasi, cheksiz matonatini toki hayot ekanmiz, yodimizda saqlaymiz, minnatdorlik izhor etamiz!

Albatta, inson bor ekan – xotira muqaddas! Hech kim, hech narsa unutilmaydi!   

O’zbek xalqi Vatan tinchligi, yurt farovonligi yo‘lida jonini fido etgan farzandlarini, jangu-jadalda qahramonlarcha halok bo‘lganjasur o‘g‘lonlari yodini hamisha qalblarda mangu saqlaydi.

Ushbu qutlug‘ kunlarda, yurtimizda muqaddas xotira va qadrlash kuni bayrami munosabati bilan avvalo, nuroniy otaxonlarimizni, barcha tumandoshlarimizni chin qalbimizdan muborakbod etamiz!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram