Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XOTIRA VA QADRLASH KUNI KENG NISHONLANDI
2023-05-08 17:57:36 197
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qo‘shtepa tumanida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, qadrlash kechalari bo‘lib o‘tdi.
Ana shunday tadbirlardan biri Qo‘shtepa tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan o‘tkazildi. O’zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan sohada samarali va fidokorona mehnat qilgan Sharofiddin Xoliqov va Muhammadjon Isaqovlar uchun yuborilgan “Yodnoma”lar va esdalik sovg‘alari tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Oybek Murodov tomonidan xonadon sohibalariga topshirildi.
Tibbiyot birlashmasida samarali va fidokorona xizmat qilib kelayotgan Raxmatillo Karimov uchun yuborilgan “Qardnoma” va esdalik sovg‘alari esa hamkasblari ishtirokida topshirildi.
Yana bir tadbir 40-MTTda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda front ortida kunlarni tunlarga ulab mehnat qilgan, bugun oramizda bo‘lmagan insonlar xotirlandi. Bolajonlar hududdagi mehnat faxriylarining xonadonlariga tashrif buyurdi.