Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 160 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA XOTIRA VA QADRLASH KUNI KENG NISHONLANDI

×

 2023-05-08 13:53:40    121

PDF yuklash
Chop etish



“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi Xotira maydonida bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Bu yerda tuman hokimi va sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, huquq-tartibot idoralari, jamoat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari rahbarlari, frontorti va mehnat faxriylari, afg‘on urushi ishtirokchilari, Chernobil AES halokatini bartaraf etishda qatnashgan tumandoshlarimiz hamda yoshlar vakillari hozir bo‘ldilar.

Tadbirni dastlab, tuman hokimi Ilyosbek Novikov tabrik so‘zi bilan boshladi. Urushda qatnashgan qo‘shtepalik qahramonlar, ular ko‘rsatgan jasoratlari ya’na bir bor tilga olindi.

Darhaqiqat, ikkinchi jahon urushida bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, safimizda yurgan keksalarimizni e’zozlash va qadrlash biz uchun ham qarz, ham farzdir.

Tadbir davomida Xotira maydonidagi yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan hamyurtlarimiz xotirlanib, hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.

Shundan so‘ng tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari, maktab o‘quvchilari va bog‘chalarning tarbiyalanuvchilari ishtirokida musiqiy dastur namoyish etildi.

Xotira va qadrlash kuni tadbirlari tumanimizdagi barcha mahallalarda, mehnat jamoalarida, ta’lim muassasalarida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
















 


 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram