Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVBATDAGI SESSIYA BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-05-04 10:08:21    193

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimligining katta majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi ellik to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I.Novikov olib bordi.

Dastlab sessiya kun tartibidagi birinchi masala O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvar kungi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4102-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2022 yil 1-choragi davomida sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, sessiya davomida tumanda “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurori A.Xudoyberganov va tuman mahalliy byudjetining 2023 yil 1-choragi ijrosi yuzasidan tuman Moliya bo‘limi boshlig‘i I.Akbarovlarning hisobotlari ham tinglandi.

Kun tartibi bo‘yicha sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilardan javoblar oldilar.

Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.










 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram