Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 162 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TURFA TAQDIRLAR: ORAMIZDAGI MATONATLI AYOL

×

 2023-05-01 11:33:40    175

PDF yuklash
Chop etish



#Shukronalik

Biz ayol kishining matonati, irodasi haqida ko‘plab filmlar ko‘ramiz, eshitganmiz yoxud o‘qiganmiz, ularni o‘zimizdan qandaydir uzoqda, olisroqda tasavvur qilamiz. Ammo bundaylar juda yaqinimizda, balki oramizda ekanini ba’zan sezmay ham qolamiz.

Qo‘shtepa tumanining Borot mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 2-guruh nogironi Shaxodatxon Parmonova 3 nafar farzandiga ham ota, ham ona. Bir necha yildan buyon kasallik bilan kurashib, uni matonat bilan yengib kelayotgan ayol, har bir o‘tayotgan kuniga shukr qiladi. Turmush tashvishlarini nozik yelkalarida ko‘tara olgan ayol tomorqadagi barcha ishlarni o‘zi bajaradi, sigir sog‘adi, tandirda non yopadi. Xullas, ro‘zg‘or ishlaridan ortinib, quroqchilik bilan ham shug‘ullanadi. Qolaversa, mahalladoshlarining ko‘rpa-to‘shaklarini tayyorlab beradi.

– Taqdirimdan nolimayman, – deydi Shaxodatxon. – Bir oyog‘im yo‘q bo‘lgani bilan ikki qo‘lim, bir oyog‘im sog‘ligiga shukr qilaman doim. Qismat ekan, turumush o‘rtog‘im kasalligi tufayli hayotdan erta ko‘z yumdi. Lekin, farzandlarim yonimda. Onam, aka-ukalarim, yaqinlarim va mahallam meni yolg‘izlatib qo‘ymadi. Boshimda esa yurtboshimdek otam bor, shu bilan faxrlanaman. Bizday nogironlarni boshini silagan yurtboshimizga kattadan-katta rahmat!   

Qahramonimiz hayotda sabr va matonat bilan, boriga qanoat qilib yashashni, doim oldinga harakat qilish lozimligini o‘ziga shior qilib olgan. Qissadan xissa shuki, Shaxodatxon  kabi matonatli ayollarning hayot hikoyasi biz to‘rt muchasi sog‘lar uchun ibrat maktabidir.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram