Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 42 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPADA TOMORQASIDAN MO‘MAYGINA DAROMAD OLAYOTGAN TADBIRKOR OILALALAR SONI KO‘PAYMOQDA

×

 2023-04-29 09:52:59    184

PDF yuklash
Chop etish



Bozor iqtisodiyoti nafaqat tadbirkorlarni balki qishloq ahlini ham yerdan unumli foydalanishga o‘rgatmoqda. Bir yilda ayrim oilalar 6-10 sotixli tomorqasidan million-million daromad topib, hech narsaga zoriqmay farovon turmush kechirishayotgani hech kimga sir emas. E’tiborlisi, tomorqa va yerlardan unumli foydalanishda issiqxonalarning alohida o‘rni bor.

Darhaqiqat, zaminimiz unumdor va serhosil. Harakat qilgan inson kaftdek yerdan ham yaxshigina daromad qiladi. Qo‘shtepa tumanining Borot mahallasida yashovchi Ikromjon Xabibullayev ham tomorqasiga issiqxona qurishni rejalashtirdi. Mahalladagi hokim yordamchisi Maxsitxon Saydazimovning tavsiyasi bilan imtiyozli kredit olib, 2 sotix yerga issiqxona qurdi.

–  Bir-nayecha yildan buyon uyda akfa plast va alyumin profildan eshik-rom yasayman, – deydi tadbirkor Ikromjon Xabibullayev. – Ba’zan buyurtma bo‘lmay qolganida ish to‘xtab qolar edi. Shundan so‘ng, bu ishga qo‘shimcha tomorqada issiqxona qurishni rejalashtirdik. O’tgan yili 1 ta issiqxonada ish boshlagan bo‘lsak, bu yil issiqxonamiz 2 ta bo‘ldi.

Bodringlar xosil berishni boshladi. Xozircha bir kunda 50 kilogramdan terib sotmoqdamiz. Sal kunda hosildorlik yana ko‘payadi. Eng muhimi, shu bodringlardan erta bahordan kuzgacha daromad olish mumkin. Xaridorlarning o‘zlari uyimizdan olib ketadi. Nolimaymiz, oilamiz bilan mahalladoshlarimiz dasturxoni to‘kinligini ta’minlash maqsadida mehnat qilmoqdamiz.

Darhaqiqat, mehnat qilgan kam bo‘lmaydi. Tumanimizda hozirgi vaqtda issiqxona qurib, tomorqasidan mo‘maygina daromad olayotgan tadbirkor oilalalar soni kun sayin ko‘paymoqda.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram