Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IZLAGAN IMKON TOPAR
2023-04-28 15:20:16 215
Tomorqada ishlab yurgan Boburjonning xayolidan “Izlagan imkon topar” degan o‘y o‘tdi. O’tgan yili ishsizligi tufayli “Yoshlar daftari”ga kiritilganda, “Bundan biror bir natija chiqarmikin” deb o‘ylagan edi. Lekin uy sharoitida o‘z faoliyatin yo‘lga qo‘yib, bandligi ta’minlangach, oldindan xulosa chiqarishga shoshilganligiga amin bo‘ldi.
Qo‘shtepa tumanidagi Borot mahallasida istiqomat qiluvchi Boburjon Abduvaliyevga dastlab subsidiyaga inkubator ajratildi. Shundan so‘ng uyida parrandachilikka ixtisoslashgan inkubator tashkil etib, qisqa fursat ichida yetti million so‘mga yaqin daromad topdi.
Yana faoliyatini kengaytirish maqsadida mahalladagi hokim yordamchisi Maxsitxon Saydazimovning tavsiyasi bilan imtiyozli kreditga 100 ta nasilli tovuq ham oldi. Uning takidlashicha, bu zotdor tovuqlarning har biri yiliga 300 tagacha tuxum berar ekan.
Xozirda Boburjon o‘zi parvarishlayotgan zotdor tovuqlarni tuxumidan ko‘paytirmoqda. Xaridor esa tayin, tovuq tuxumlari ham inkubatordan chiqqan jo‘jalar ham qo‘ni-qo‘shnilar va mahalladoshlaridan ortmaydi.
O’z faoliyatini yo‘lga qo‘yib olgan Boburjon bu yil 3 sotixlik tomorqasiga kartoshka ekib, chorvachilik bilan ham shug‘ullanmoqda.
Darhaqiqat, Boburjon Abduvaliyev kabi yoshlarimiz maqsad sari intilib sidqidildan mehnat qilsa, albatta, davlat rahbari tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan to‘liq, unumli foydalansa bugun ularning bandligi ham ta’minlanadi, daromadi ham oshadi.