Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO‘RG‘ONCHA MAHALLASINING INFRATUZILMASI YAXSHILANMOQDA
2023-04-27 13:00:48 188
Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qo‘shtepa tumanida ham mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, hudud infratuzilmasini yaxshilash orqali aholiga qulaylik yaratish maqsadida Qo‘rg‘oncha mahalla fuqarolar yig‘inida ham Prezidentimizning PQ-408 sonli Qaroriga asosan Yakkatut, Pillakor, Paxtaobod va Yangibog‘ ko‘chalarida 5 kilometr shag‘allashtirish ishlari bajarildi. Qisqa fursat ichida “Taraqqiyot qurilish fayz” MChJ tomonidan asfaltashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, mahalla hududida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 2 ta transfarmator, 87 ta temir-beton tayanch o‘rnatildi.