Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KUN FOTOSI
2023-04-26 08:27:34 886
Andijon tumanidagi eng katta sada daraxti
Andijon tumaniga yo‘lingiz tushib qolsa “Do‘ng qishloq” mahallasi hududidagi juda ham salobatli sada daraxtlarini ko‘rasiz. Aytishlaricha, bu mahallada emanlar oilasiga mansub sershox, sersoya 10 dona katta sada daraxti bor ekan.
Kelajak ko‘chasi, 45-uyning ro‘parasidagi sada daraxti esa eng kattasi hisoblanadi. Xonadon sohibi Saloxiddin Yo‘ldoshevning aytishicha, uyining yonidagi sadaning yoshi qirqqa yaqinlashib qolibdi.
– Shu daraxtning tana aylanasi 2 metr, shoxlarining uzunligi 27 metr, bo‘yi esa 20 metr. Bu daraxtni dadam rahmatli ekan – deydi Saloxiddin Yo‘ldoshev.