Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAYIT, MEHR VA OQIBAT SAXOVAT BAYRAMIDIR

×

 2023-04-25 08:16:10    182

PDF yuklash
Chop etish



Ramazon hayiti – xayr-ehson, saxovat, mehr-muruvvat bayrami bo‘lib, insonlar o‘rtasida tenglik, totuvlik kabi insoniy fazilatlar rivoj topishida xizmat qiladigan ajoyib kundir. Bu kunda hatto bir og‘iz shirin so‘z, ko‘ngilni ko‘taruvchi, ilhom berguvchi muomala ham tuhfadir. Go‘zal qadriyatning yana bir amaliy ifodasi bu xalqimizning, ayniqsa, uning ehtiyojmand qatlamini, ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj yurtdoshlarimizni ma’nan qo‘llab-quvvatlashdir.

Qo‘shtepa tumani hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ham Ramazon hayiti munosabati bilan ana shunday xonadonlarga ramazon ehsonlarini tarqatishdi.

Jumladan, tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov va tuman prokurori A.Xudoyberganovlar Sohibkor mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi yoshi ulug‘ keksalar, imkoniyati cheklangan, mehrga muhtoj kishilar xolidan xabar oldilar.




Saxovat tadbiri davomida Mushtarak ko‘chasida istiqomat qiluvchi X.Sulaymonova, Sohibkor ko‘chasida yashovchi J.Sobirov, Zumrad ko‘chasida istiqomat qiluvchi M.Ne’matovalarning xolidan xabar olinib, ushbu oilalarga oziq-ovqat to‘plamlari yetkazib berildi.

Xonadon egalari Davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan bunday yuksak e’tibor uchun minnatdorchilik bildirishdi.

 





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram