Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QUVIRBOSHI MAHALLASIDA SUV TA’MINOTI YAXSHILANMOQDA
2023-04-19 11:03:54 185
Prezidentimizning “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli qaroriga asosan Qo‘shtepa tumanidagi Quvirboshi MFY hududida ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Shu kunga qadar mahalla hududida 2.8 km transheya qazilib, 2.8 km tarmoq tortildi. 1 dona quduq tozalandi va 1 dona suv minorasi o‘rnatildi. Qurilish ta’mirlash ishlari “Baraka Fayz Invest” MChJ tomonidan olib borilmoqda.