Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
AYOLLAR VA BOLALARGA NISBATAN SODIR ETILGAN ZO‘RAVONLIKLAR UCHUN JAZO KUCHAYTIRILMOQDA
2023-04-17 14:42:09 187
Seminar
Sizning huquqingiz davlat himoyasida
Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida Ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoyalashga oid yangi qonun targ‘iboti bo‘yicha mahalla faollari, oqila ayollar harakati a’zolari, ko‘chaboshilar va dasturxonchilar ishtirokida seminar o‘tkazildi. Shuningdek, tadbirda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish viloyat markazi rahbari J.Ahmedova, markaz huquqshunosi D.Ismoilova, markaz ijtimoiy xodimi L.Mamadjonova, markaz psixologi M.Axmedova hamda “Oydin” gazetasi muharriri X.Karimovalar ham ishtirok etishdi.
Qonunchiligimizga ko‘ra Xotin-qizlar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilmoqda. Ekspertlarning e’tiroficha O’zbekiston dunyo tajribasida beshinchi bo‘lib oiladagi zo‘rovonlikni qonunga alohida jinoyat sifatida kiritgan davlat bo‘ldi. Xususan xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini ximoya qilish bo‘yicha eng zamonaviy xalqaro normalar va xorijiy tajribadan kelib chiqib, nafaqat jismoniy balki iqtisodiy va ruxiy zo‘ravonlikka ham ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Tadbirda so‘z olganlar Ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoyalashga oid yangi qonunning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tishdi.