Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“PROKUROR KUBOGI” G‘OLIBLARI ANIQLANDI
2023-04-15 20:38:04 215
Qo‘shtepa tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida sportning milliy kurash turi bo‘yicha “Prokuror kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkillash va iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida, “Polvonlari ko‘p yurt qudartli bo‘lur” shiori ostida o‘tkazilgan musobaqada kuragi yerga tegmagan polvonlarimiz viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Musobaqaning final bosqichida tuman hokimi I.Novikov va tuman prokurori A.Xudoyberganovlar qatnashib, yosh kurashchilarni sport bayrami bilan tabriklab, musobaqa g‘oliblariga viloyat bosqichida ham ulkan omadlar tiladilar.
Musobaqa yakunida g‘oliblar hamda faol ishtirokchilariga medal va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.