Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ZAMONAVIY ESHIK-ROMLAR XARIDORLARGA MANZUR BO‘LMOQDA

×

 2023-04-15 13:41:10    490

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanidagi Shodlik mahallasida joylashgan “Far Shox” MChJda mehnat qilayotgan duradgor ustalar tomonidan tayyorlanayotgan zamonaviy eshik-romlar sifati va dizayni bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

Tadbirkor Farrux Kimsanov tomonidan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan korxonada 20 nafardan ortiq kishi doimiy ish bilan ta’minlangan. Ishchilarning ish unumdorligini oshirish uchun korxonada barcha sharoit yaratilgan.

– Korxonamizda alyuminiy, plastik va MDF eshik-rom ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan – deydi korxona rahbari Farrux Kimsanov. – Dastlab qiymati 800 million so‘m bo‘lgan 1000 dona eshik-rom ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilgan bo‘lsa, keyinchalik Xitoy davlatidan mebel mahsulotlari ishlab chiqarish uchun dastgoh va uskunalar olib kelindi. Bu qurilmalar maxsus dastur asosida istalgan bezakni panelga tushira oladi. Bugungi xaridorning didi juda nozik. Shunga monand, yasayotgan eshik va romlarimiz dizaynini muntazam yangilab boramiz. Asosiy e’tibor sifatga qaratiladi, albatta.

Korxonada qo‘li gul duradgor ustalar tomonidan tayyorlanayotgan zamonaviy eshik-romlar nafaqat ichki bozorda sotilmoqda, balki qo‘shni davlatlarga ham eksport qilinmoqda. Tadbirkor kelajakda tarmoqni yanada kengaytirish va yana qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirgan. 









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram