Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI KONSTITUTSIYA - XALQ DARDIGA QULOQ SOLUVCHI DAVLAT ASOSI!

×

 2023-04-13 17:16:54    174

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qo‘shtepa tumanida “Yangi Konstitutsiya – xalq dardiga quloq soluvchi davlat asosi!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Qiyqi Madaniyat markazida keng jamoatchilik ishtirokida “Ayoli e’zozlangan yurt” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbirda respublika ishchi guruhi a’zolari O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar” fanlar kafedrasi professori M.Qahharova, Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i S.Xodjayev, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bosh mutaxassisi G.Asqarova hamda O’zKimyosanoat AJ boshqaruvi raisi maslahatchisi S.Abdurahmonovalar qo‘shtepalik ayollar bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ldilar.

Targ‘ibot tadbiri davomida tashkillangan kontsert dasturi, tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlarining sho‘x kuy-qo‘shiqlari barchani xushnud etdi.

Shuningdek, targ‘ibot tadbiri doirasida yosh kitobxonlar bilan uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi. Ishchi guruh a’zolari aksariyat xotin-qizlar faoliyat yuritayotgan “Soib Ali tekstil”, “Grand military” MChJ ishchilari bilan muloqotda bo‘ldilar. Korxonalarda ayollarga yaratilgan sharoit, moddiy ta’minot masalalari bilan ham tanishdilar.

Ishchi guruh vakillari va “Karnaychi” mahallasidagi ko‘chaboshilar, “Oqila ayollar” harakati a’zolari bilan mahalladagi 4-bosqich “Ayollar daftari”da turuvchi O’.Mamajonovalarning xonadonida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda mamlakatimizda xotin-qizlar manfaatlari va oila masalalarini yanada mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr yuritildi.

 










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram