Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 181 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

8-10 SINF O‘QUVCHILARINING MATEMATIKA FANIDAN BILIMLARI SINOVDAN O‘TKAZILMOQDA

×

 2023-04-13 11:17:49    122

PDF yuklash
Chop etish


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICAning O’zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida imzolangan kelishuviga ko‘ra, joriy yilning 8-28-aprel kunlari Yaponiyada yagona davlat imtihonlarini amalga oshiruvchi “KEI Advanced” tashkiloti tomonidan 8-10-sinf o‘quvchilarining matematika fanidan bilimlarini sinovdan o‘tkazish belgilangan edi.

Ushbu loyihaning 4-bosqichida Qo‘shtepa tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab tanlab olingan bo‘lib, bugun o‘quvchilarning matematik savodxonligini aniqlash xalqaro tadqiqoti bo‘yicha JICA loyihasi ishchi guruhi a’zolari tomonidan 8-10 sinf o‘quvchilarining matematika fanidan bilimlari sinovdan o‘tkazilmoqda.

Test natijalari may oyining 15-sanasidan keyin e’lon qilinadi. O’tish ballini qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga maxsus sertifikatlar beriladi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram