Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 137 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KATTABOLTAKO‘L MAHALLASIDA 18 KILOMETRDAN ORTIQ YANGI ICHIMLIK SUVI TARMOG‘I TORTILMOQDA

×

 2023-04-12 08:59:55    122

PDF yuklash
Chop etish



Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Qo‘shtepa tumanidagi Kattaboltako‘l mahallasi hududida ham jadal sur’atda ish olib borilmoqda.

Ushbu loyiha uchun 5078.7 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, mahalla hududida 1 dona yangi tik ichimlik suvi qudug‘i qazish, 1 dona mavjud tik ichimlik suvi qudug‘ini tozalash, 2 dona yangi suv minorasi, 2 dona yangi suv nasosi, 2 dona suvni zararsizlantirish uskunasi o‘rnatish hamda 18.8 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari bajariladi. Loyiha ishlari “Diamond Projekt” MChJ tomonidan bajarilgan bo‘lib, qurilish ishlari “Fargona binokor memor” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram