Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KAMONDAN O‘Q OTISH MUSOBOQASI O‘TKAZILDI
2023-04-12 08:39:49 163
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kamondan o‘q otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shtepa tumanidagi 20-umumta’lim maktabida sportning “Kamondan o‘q otish” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Musobaqada Langar mahallasidagi uyushmagan yoshlar hamda 20-umumta’lim maktabining o‘quvchilari ishtirok etishdi. Musobaqa g‘oliblari tuman Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan faxriy yorliq va medallar bilan taqdirlandilar.