Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA IFTORLIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2023-04-11 08:10:45    167

PDF yuklash
Chop etish


Ramazon oyi munosabati bilan Qo‘shtepa tumani hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda Mahalla va Nuroniylarni qullab-quvvatlash bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida xalqimizning roziligini olish, insonlar o‘rtasida xayru-saxovat va mehr- muhabbat rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida ezgu ishlar amalga oshirilmoqada.

Har kuni mahallalarda kam ta’minlangan, ehtiyojmand, nogironligi bor hamda nuroniy otaxon va onaxonlar uchun iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. To‘kin dasturxon atrofida nuroniylarimiz yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, dehqonchiliklarimizga qut-baraka tilab duo qilishmoqda.

Xususan, ana shunday iftorliklar Qumtepa, Ko‘prikboshi, Xumdon hamda Shodlik mahallalarida o‘tkazildi. Iftorlik tadbirlarida tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram