Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BALANDMASJID MAHALLASIDA IFTORLIK TADBIRI O‘TKAZILDI
2023-04-08 11:10:14 182
Prezidentimiz tashabbuslari bilan Muborak Ramazon oyida tumanimizdagi barcha mahallalarda xalqimizning rizoligini olish, insonlar o‘rtasida hayru-saxovat va mehr-muxabbat rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida ezgu hayrli ishlar amalga oshirilmokda.
Xususan barcha mahallalarda tuman hokimligi, Mahalla va Nuroniylarni qo‘llab-quvatlash bo‘limi hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan iftorlik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri Balandmasjid mahalla fuqarolar yig‘ini hududida kam ta’minlangan ijtimoiy ximoyaga muxtoj, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga olingan, shuningdek, nuroniy otaxon va onaxonlar uchun iftorlik dasturxoni tashkillandi.