Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAMUNA MAHALLASIDA 14 KILOMETRDAN ORTIQ YANGI ICHIMLIK SUVI TARMOG‘I TORTILMOQDA
2023-04-08 09:20:12 189
Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Qo‘shtepa tumanidagi Namuna mahallasi hududida ham jadal sur’atda ish olib borilmoqda.
Ushbu loyiha uchun 3678.8 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, mahalla hududida 1 dona mavjud tik ichimlik suvi qudug‘ini tozalash, 2 dona yangi suv saqlash xovuzi, 1 dona 2-chi suv ko‘tarish nasos stantsiyasi hamda 1 dona suvni xlorlash binosi qurish rejalashtirilgan. Qolaversa loyiha doirasida 14.8 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari bajariladi. Loyiha ishlari “Royal dizayn loyiha” MChJ tashkiloti tomonidan bajarilgan. Qurilish ishlari “TREST-6” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.