Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 189 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IFTORLIK YO‘QLOVLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2023-04-06 21:00:07    111

PDF yuklash
Chop etish



Ramazon-mehr va saxovat oyi!

Ramazon oyi munosabati bilan Qo‘shtepa tumanidagi mahallalarda ham ehtiyojmand oilalar uchun iftorlik dasturxonlari tashkil etilmoqda. Jumladan, tuman hokimi Ilyosbek Novikov va sektor rahbarlari mahallalarda bo‘lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xolidan xabar olishmoqda.

Bugun, Qiyqi mahallasining Chinortepa ko‘chasida yashovchi Abduraxmonovalar oilasi iftorlikni kutilmagan mehmonlar bilan birgalikda qarshi oldi. Chunki, ramazon oyi munosabati bilan tuman hokimi Ilyosbek Novikov va tuman prokurori Axrorjon Xudoyberganovlar mahallaning “Ayollar daftari”da turuvchi Muxtaramxon Abduraxmonovani yo‘qlab, ularning xonadonida iftorlikda ishtirok etishdi. Shuningdek, ushbu oilaga “Ramazon tuhfasi” sifatida kundalik turmushda zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

O’zlariga ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan xonadon egalari, tinch va osoyishta yurtimizga shukrona aytib, duoda bo‘ldilar.









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram