Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MEHR-OQIBAT, XAYR-SAXOVAT KO‘RSATISH XALQIMIZGA XOS FAZILATDIR

×

 2023-04-05 14:39:11    210

PDF yuklash
Chop etish



RAMAZON-MEHR VA SAXOVAT OYI!

Muhtojlarga mehr-oqibat, xayr-saxovat ko‘rsatish xalqimizga xos fazilatdir. Bunday ezgu tushunchalar ayniqsa, muborak mohi ramazonda yanada keng quloch yoymoqda. Qo‘shtepa tumanida ham muborak oy munosabati bilan yoshi ulug‘ keksalar, imkoniyati cheklangan, mehrga muhtoj kishilar holidan xabar olinib, ular uchun iftorlik dasturxoni tuzilmoqda.



Qo‘shtepa tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Maryamxon Yuldasheva hamda “Oqila ayollar harakati” a’zolari mahallalarda bo‘lishib, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar xolidan xabar olishmoqda. Ular Borot mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, boquvchisini yo‘qotgan, ikkinchi guruh nogironi Shaxodatxon Paramonova hamda yakka yolg‘iz ayol Ma’muraxon Xotamovalar bilan suhbat o‘tkazishdi.

Suhbat asnosida ayollarning muammolari o‘rganilib, amaliy yordam berish choralari belgilandi. Shuningdek, ularga Ramazon tuhfasi sifatida oziq-ovqat mahsulotlari hamda sovg‘a-salomlar ulashildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram