Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI MAKTAB BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2023-04-05 13:07:27    208

PDF yuklash
Chop etish



Bugun, Qo‘shtepa tumani G’ishtmon mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 14-umumta’lim maktabining Badish qishlog‘idagi filiali foydalanishga topshirildi.

Ushbu 14-umumta’lim maktabining filiali 50 o‘rinli bo‘lib, moslashtirilgan binoda faoliyat olib borar, o‘qituvchi va o‘quvchilarning yangi maktabga ehtiyojlari bor edi. Bugun ana shu orzu amalga oshdi.

Mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan loyiha uchun 1 milliard 80 million so‘m mablag‘ ajratilib, 90 o‘rinli yangi va zamonaviy ko‘rinishdagi maktab binosi qurib bitkazildi. Qurilish ishlari “Vodiy stroy siti” MChJ tomonidan olib borildi.

Maktabning ochilish marosimida mahalla faollari, jamoatchilik vakillari hamda murabbiy va o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman hokimi Ilyosbek Novikov so‘z olib, jamoani tabrikladi. Shuningdek, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda xalq ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida umumta’lim maktablari uchun yangi zamonaviy binolar qurilishiga katta e’tibor qaratilayotgani, sohadagi ko‘p yillik muammolar hal etilayotgani takidlab o‘tdi.

Maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan musiqiy dasturdan so‘ng, tadbir ishtirokchilari bu yerda yoshlarning o‘qib, bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram