Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QUMTEPA MAHALLASIDA ICHKI YO‘LLARDA ASFALTLASH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA
2023-04-05 09:08:14 174
Prezident qarori amalda!
Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-sonli qarori qabul qilingan. Qo‘shtepa tumanida ham mazkur qaror ijrosini ta’minlashga kirishilgan.
Qaror asosida tumanda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari doirasida aholini ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni soz holatga keltirish, elektr ta’minotini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, Qumtepa mahalla fuqarolar yig‘inida ham qaror asosida 1 750 000 000 so‘m mablag‘ evaziga Latif, Ravon, Bozorboshi hamda Matonat ko‘chalarida “Farg‘ona mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK tomonidan 4 kilometrga yaqin masofadagi ichki yo‘llarda asfaltlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ayni kunlarda ko‘chalarda shag‘allashtirish ishlari olib borilmoqda.