Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XONADONLARDA IFTORLIK YO‘QLOVLARI
2023-04-04 21:38:50 170
Ramazon-mehr va saxovat oyi!
Ramazon oyi Qur’oni karim barokati, go‘zal xulqning fazilatlari bilan ziynatlangan muqaddas oydir. Bu ulug‘ oyda qilanajak duolar ijobat bo‘ladi, ibodat va xayrli amallarning ajri yuksaladi. Nafs turli illatlardan tozalanib, qalb poklanadi. E’tiborlisi, ushbu muborak oyda elimizning asrlar osha sayqallashib kelayotgan mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik kabi xislatlari yaqqol namoyon bo‘ladi.
Prezidentimizning 2023 yil 21 martdagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarorida odamiylik, inson sha’nini ulug‘lash, yaxshilik va mehr-saxovat kabi fazilatlarni namoyon etadigan, bugungi tinch va osoyishta hayotimizni qadrlash, oila va mahallalarda, butun yurtimizda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratish zarurligi belgilandi.
Qo‘shtepa tumanidagi mahallalarda ham ehtiyojmand oilalar uchun iftorlik dasturxonlari tashkil etilmoqda. Jumladan, bugun tuman hokimi Ilyosbek Novikov muborak ramazon oyi munosabati bilan Qumtepa MFYda istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xolidan xabar oldi.
Tuman hokimining ilk manzili Muyassarxon ona Umarovalarning xonadoni bo‘ldi. Ushbu oilaga “Ramazon tuhfasi” sifatida 12 xil turdagi kundalik turmushda zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Bugun, mahallaning Ravon ko‘chasida yashovchi Kamolovlar oilasi esa iftorlikni kutilmagan mehmonlar bilan birgalikda qarshi oldi. Tuman hokimi mahallaning “Ayollar daftari”da turuvchi Qumrixon Kamolovani yo‘qlab, ularning xonadonida iftorlikda ishtirok etdi. Shuningdek, ushbu oilaga ham “Ramazon tuhfasi” sifatida 12 xil turdagi kundalik turmushda zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
O’zlariga ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan xonadon egalari, tinch va osoyishta yurtimizga shukrona aytib, duoda bo‘ldilar.