Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IFTORLIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
2023-04-04 08:17:24 166
Ramazon – mehr-saxovat oyi!
Prezidentimiz tashabbusi bilan Muborak Ramazon oyida butun respublikamizda bo‘lgani kabi Qo‘shtepa tumanidagi mahallalarda ham xalqimizning roziligini olish, insonlar o‘rtasida xayru saxovat va mehr-muhabbat rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida ezgu va xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Qo‘shtepa tumanida muborak Ramazon oyida insonlar o‘rtasida xayru saxovat va mehr-muhabbat rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida “Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasi davlat birligi ramzi” shiori ostida mahallalarda iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. To‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lganlar yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik, ro‘zg‘orimizga qut-baraka tilab, duo qilishmoqda.
Xuddi shunday iftorlik tadbirlaridan biri Soybo‘yi mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda mahallada yashovchi kam ta’minlangan, ehtiyojmand, nogironligi bor bo‘lgan fuqarolar ishtirok etishdi.
Iftorlik tadbirida tuman hokimi I.Novikov ham ishtirok etib, barchani Muborak Ramazon oyi bilan samimiy qutladi.