Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YANGI 10 KVLI TARMOQ TORTILMOQDA
2023-04-01 09:41:03 171
Jarayon
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Qo‘shtepa tumanida amaliy ishlar davom etmoqda.
Ayni vaqtda, “Mumtoz” mahallasida joylashgan 110/10 kVli “Joybozor” podstansiyasidan yangi 10 kVli 13,5 km uzunlikdagi elektr tarmoqlarini qurish ishlari bajarilmoqda.
Bu orqali tumanning “Istiqlol”, “Dexqonobod”, “Shaxartepa”, “Shomirza”, “O’qchi”, “Beshkapa” hamda “Paxtakor” mahallalarining elektr ta’minoti yaxshilanadi.