Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 185 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO‘SHTEPA TUMANIDA IFTORLIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2023-04-01 09:31:01    330

PDF yuklash
Chop etish



Ramazon – mehr-saxovat oyi!

Qo‘shtepa tumanida Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan muborak Ramazon oyida insonlar o‘rtasida xayru saxovat va mehr-muhabbat rishtalarini yanada mustahkamlash maqsadida “Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasi davlat birligi ramzi” shiori ostida mahallalarda iftorlik dasturxonlari yozilmoqda.

Avval xabar berganimizdek tumanimizning barcha hududlarida shu muborak kunlarda ehtiyojmand oilalarga mehr-oqibat ko‘rsatilib, tuman hokimligi, sektor rahbarlari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi va xomiylar tomonidan mahallalarda iftorlik tadbirlari tashkil etilmoqda.

Xususan kecha ham tumanimizdagi Karnaychi, O’rta o‘qchi, Dehqonobod, Do‘rmon hamda Oqtepa mahallalarida yashovchi 850 nafardan ziyod “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, shuningdek, kam ta’minlangan, ehtiyojmand, nogironligi bor bo‘lgan fuqarolar va nuroniylar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

Yig‘ilganlar dasturxonga tortilgan noz-ne’matlardan tanavvul qilishib, tinch va osoyishta yurtimizga shukrona keltirishib, duoga qo‘l ochishdi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirlarda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Bu kabi iftorliklar tumandagi har bir mahallalarda davom etmoqda.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram